O'zbekiston

Prezident Sergeli va Yangihayotdagi badbo‘y hid muammosini bartaraf etishni topshirdi

Oqova suv inshootiga 1-sentabrgacha zamonaviy filtrlash uskunalari o‘rnatiladi.

Prezident Sergeli va Yangihayotdagi badbo‘y hid muammosini bartaraf etishni topshirdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida poytaxtning bir qator dolzarb muammolari muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisini uzoq yillardan buyon bezovta qilib kelayotgan oqova suvlarni tozalash inshooti atrofidagi badbo‘y hid masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga 1-sentabrgacha oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatib, ushbu muammoni to‘liq bartaraf etish topshirildi.

 

Shuningdek, kelgusi yildan Birlashgan Arab Amirliklari hamkorlari bilan Quyi Chirchiq tumanida sutkasiga 300 ming kub metr oqova suvni qayta ishlash quvvatiga ega zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanishi ma’lum qilindi. Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida Sergelidagi mavjud inshootga tushayotgan yuklama sezilarli darajada kamayadi.

 

Transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida joriy yilda Sergeli tumanining 23 kilometr asosiy yo‘llarida harakat xavfsizligi qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi. Loyiha doirasida 455 ta “aqlli” svetofor o‘rnatiladi, 150 ta avtobus bekati yangilanadi hamda 10 ming o‘rinli avtoturargoh barpo etiladi.

 

Bundan tashqari, kelasi yilda Yangi Sergeli ko‘chasida 5,5 kilometrlik BRT (tezkor avtobus) yo‘lagi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu yo‘lak Shota Rustaveli ko‘chasi bilan bog‘lanib, jamoat transporti harakatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

 

Yig‘ilishda, shuningdek, Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlarini poytaxtning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan Toshkent halqa yo‘lidagi yangi ko‘prik qurilishini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

custom img

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula emas, Siam somi boqilgani aniqlandi

Holat Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

custom img

Sergeli va Yangihayotdagi badbo‘y hid muammosi bartaraf etildi

Salor oqova suv tozalash inshootiga 9,5 milliard so‘mlik zamonaviy filtr uskunasi o‘rnatildi.

custom img

“Davolash ishi” o‘rniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” dasturi joriy etiladi

Besh yillik ta’limdan so‘ng talabalar bir yil to‘liq amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Mashg‘ulotlar internet jurnalistikasi, bosma matbuot, televideniye, radio, huquqiy, sport va fotojurnalistika yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markazi 6-sentyabr kuni ochiladi. Markaz o‘z faoliyatini “Hikmah” xalqaro ko‘rgazmasi bilan boshlaydi.

custom img

Uch hududda narkosavdogarlardan 12,7 kg giyohvandlik vositalari olindi

Ushlanganlardan biri sintetik giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan “Cobalt” avtomobilining yoqilg‘i bakiga yashirib olib o‘tishga uringan.

custom img

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaati yuzasidan munosabat bildirdi

U bolalar va ularning oilalari uchun erta aralashuv, reabilitatsiya, abilitatsiya, kunduzgi parvarish va uyda yordam ko‘rsatish xizmatlari bepul ekanini taʼkidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev yosh parlament a’zolariga murojaat yo‘lladi

Prezident Samarqandda o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament a’zolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilarini qutladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"