Jahon

Rossiya Ukrainaga havo hujumlari uyushtirdi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatda ko‘p qavatli uy, do‘kon va yo‘l infratuzilmasiga zarar yetgan.

Rossiya Ukrainaga havo hujumlari uyushtirdi: qurbonlar bor

 

Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning Sumi shahriga aviabombalar va dronlar yordamida hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan, yana 27 kishi, jumladan 7 nafar bola jarohat olgan.

 

Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorovning ma’lum qilishicha, zarbalardan biri shaharning Kovpakovskiy tumanidagi turar joy hududiga kelib tushgan. Oqibatda ko‘p qavatli uy, do‘kon va yo‘l infratuzilmasiga zarar yetgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 5 yoshli qizaloq va uning onasi ham bor. Shuningdek, og‘ir jarohat olgan fuqarolardan biri shifoxonada vafot etgan.

 

Shu bilan birga, Rossiya kuchlari Zaporijjya shahriga ham raketa va dronlar bilan zarba bergan. Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning bildirishicha, hujum oqibatida turar joy va sanoat obyektlari zarar ko‘rgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Zaporijjyadagi hujum natijasida 2 kishi halok bo‘lgan, yana 21 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"