Jahon

Yevropadagi jazirama qurbonlari soni 3 700 nafarga yetdi

Eng ko‘p o‘lim holati Fransiyada qayd etilgan.

Yevropadagi jazirama qurbonlari soni 3 700 nafarga yetdi

 

Iyun oyida G‘arbiy Yevropani qamrab olgan anomal issiq to‘lqini oqibatida Fransiya, Belgiya va Niderlandiyada kamida 3 700 ta ortiqcha o‘lim qayd etildi. Bu haqda Reuters agentligi ushbu davlatlar sog‘liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p o‘lim holati Fransiyada kuzatilgan. Mamlakatda 22–28-iyun kunlari jazirama tufayli 2 025 kishi vafot etgan. Belgiyada 18–29-iyun kunlari 1 200 ga yaqin, Niderlandiyada esa 480 ga yaqin ortiqcha o‘lim qayd etilgan.

 

Qurbonlarning asosiy qismini yoshi katta fuqarolar tashkil etgani aytilmoqda. Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jazirama davrida mamlakatda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi qariyb 30 foizga oshgan.

 

Issiqlik to‘lqini G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, Germaniyaning ayrim hududlarida suv tanqisligi sabab favqulodda holat e’lon qilingan. Mahalliy hokimiyatlar suv resurslarini tejash maqsadida favvoralar faoliyatini cheklash, avtomobillarni yuvish va basseynlarni to‘ldirishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, iyun oyining oxirida G‘arbiy Yevropada kuzatilgan anomal issiq davrida Fransiyaning Palluo kommunasida havo harorati 43,8 darajagacha ko‘tarilib, tarixiy rekord qayd etilgan.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.