Jahon

Mujtabo Xomanaiy otasining dafn marosimida qatnashmadi

Bunga xavfsizlik bilan bog‘liq tahdidlar sabab bo‘lgan.

Mujtabo Xomanaiy otasining dafn marosimida qatnashmadi

Eronda marhum oliy rahbar Ali Xomanaiyning dafn marosimlari davom etmoqda. Besh shaharda o‘tkazilayotgan vidolashuv marosimlari 9-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgan.

 

Biroq hozirga qadar amaldagi oliy rahbar Mujtabo Xomanaiy otasi bilan vidolashuv marosimlarida ko‘rinmadi, deya xabar bermoqda Nur.kz The New York Times'ga tayanib.

 

Ali Xomanaiyning dafn marosimini tashkil etish qo‘mitasi rahbari Akbar Purjamshidiyon avvalroq Mujtabo Xomanaiyning marosimda ishtirok etishi masalasi uning vakolatiga kirmasligini bildirgan.

 

The New York Times nashrining Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining ikki nafar anonim xodimiga tayanib yozishicha, Mujtabo Xomanaiyning xavfsizlik xizmati Isroil tomonidan ehtimoliy suiqasd uyushtirilishi yoki uning harakatlanish yo‘nalishi orqali yashirin joyi aniqlanishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab uning marosimda qatnashishiga ruxsat bermagan.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy dafn marosimining ayrim qismlarida ishtirok etishni istagan. Xususan, u 9-iyul kuni Mashhad shahridagi Imom Rizo ziyoratgohida bo‘lib o‘tadigan marosimda qatnashib, otasi uchun janoza duosini o‘qishni rejalashtirgan.

 

Hozircha Eron rasmiylari Mujtabo Xomanaiyning dafn marosimida qatnashmagani yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.