O'zbekiston

Texnikum bitiruvchilari uchun OTMlarga 2-kursdan suhbat asosida qabul boshlandi

Qabul jarayoni onlayn shaklda o‘tkaziladi. Hujjat topshirishda diplomning asl nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.

Texnikum bitiruvchilari uchun OTMlarga 2-kursdan suhbat asosida qabul boshlandi

5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2-kursdan suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

 

Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi. Faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, qolgan zarur ma’lumotlar axborot tizimi tomonidan avtomatik shakllantiriladi.

 

Mazkur tartib texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga tatbiq etiladi. Bunday toifaga o‘quv semestrlari yakunlariga ko‘ra baholari asosan 4 va 5 bo‘lgan hamda baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot yo‘nalishlarida esa kamida 85 foizi) "5" bahoni tashkil etgan bitiruvchilar kiradi.

 

Suhbat natijalariga ko‘ra, oliy ta’lim tashkiloti komissiyasi tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lgan abituriyentlar suhbatdan o‘tgan deb hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.

 

Ushbu tartib oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Taqdimotda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarga metodik yordamni kuchaytirish va tizimda zamonaviy yondashuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Bunday holatlar tungi va ertalabki vaqtlarda qisqa muddatli kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

Hozirda qolgan 61,3 mlrd so‘m zararni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom etmoqda.

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Sanepidqo‘mita epidemiologik vaziyat yuzasidan izoh berdi.

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

Bojxona postida yuk mashinasi tekshirilganda, uning pol qismi ostidan 98 ta o‘ram yashirilgan narkotik modda topildi.

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident dunyoda 645 milliondan ortiq odam ochlikdan aziyat chekayotganini taʼkidlab, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.