O'zbekiston

Toshkentda yo‘lovchi bagajidan 7 kgdan ortiq sintetik giyohvandlik vositasi topildi

Mazkur modda quruq sut qadoqlariga yashirilgan bo‘lib, qo‘shni davlat fuqarosi yukni 1000 AQSH dollari evaziga yetkazib berishga rozi bo‘lgan.

Toshkentda yo‘lovchi bagajidan 7 kgdan ortiq sintetik giyohvandlik vositasi topildi

Pxuketdan uchib kelgan 19 yoshli qo‘shni davlat fuqarosining bagajidan mefedron sintetik giyohvandlik vositasi topildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchining bagaji bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuklar orasidagi qadoqlangan quruq sut mahsulotlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otadi.

 

Markaziy bojxona laboratoriyasida o‘tkazilgan ekspertiza natijasida 10 ta qadoq ichidagi modda quruq sut emas, balki umumiy og‘irligi 7 kilogramm 180 gramm bo‘lgan mefedron sintetik giyohvandlik vositasi ekani aniqlandi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi ushbu narkotiklarni “Telegram” messenjeri orqali tanishgan noma’lum shaxsning ko‘rsatmasi bilan 1000 AQSH dollari evaziga Toshkent shahriga yetkazib berish uchun olib kelgan.

 

Holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, narkotiklarni uyushgan guruh tomonidan transmilliy usulda yoki Internet tarmog‘i orqali o‘tkazish uchun javobgarlik belgilangan va bu 15-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

U xodim nomidan soxta profil yaratib, jarimalarni to‘lashga yordam berish bahonasida fuqarolardan pul olgan.