O'zbekiston

O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘tkaziladi

Forumda 50 dan ortiq mamlakatdan 300 ga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda

O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘tkaziladi

2026-yil 7–11-iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida forumga bag‘ishlangan "Tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li" mavzusida brifing tashkil etildi. 

 

 

Brifingda 7–11-iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida bo‘lib o‘tadigan forum dasturi haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil ma’lumot taqdim etildi. 

 

 

Ma’lum qilinishicha, forum O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) hamkorligida tashkil etilmoqda. 

 

 

Forumda 50 dan ortiq mamlakatdan 300 ga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, akademiklar, taniqli islomshunos olimlar, qo‘lyozmashunoslar, muzey va kutubxonalar rahbarlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bor. Bu esa forumning xalqaro muloqot va akademik hamkorlik maydoniga aylanishi kutilayotganidan dalolat beradi. 

 

 

Qayd etilishicha, I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat g‘oyalarini keng targ‘ib etish, shuningdek, O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosini xalqaro hamjamiyatga yana bir bor namoyon etish uchun muhim xalqaro maydon bo‘lishi kutilmoqda.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"