O'zbekiston

Respublika bo‘ylab 6 ta hududda giyohvandlik bilan bog‘liq holatlar fosh etildi

Tezkor tadbirlarida 1,5 kilogrammdan ortiq marixuana, geroin hamda 900 dan ortiq kannabis o‘simligi aniqlanib, musodara qilindi.

Respublika bo‘ylab 6 ta hududda giyohvandlik bilan bog‘liq holatlar fosh etildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan reydlar davomida Namangan, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Andijon viloyatlarida giyohvandlik vositalari hamda kannabis o‘simliklarini noqonuniy saqlash va yetishtirish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga xabar berdi.

 

Namangan viloyatining Norin tumanida 1961-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u sotish maqsadida saqlab kelayotgan 1 kilogramm 595 gramm marixuana protsessual tartibda musodara qilingan.

 

Chortoq tumanida esa 1973-yilda tug‘ilgan shaxs o‘ziga tegishli tomorqada 839 tup kannabis o‘simligini yetishtirib kelayotgani aniqlangan.

 

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro Toyloq tumani hududida avtomashinasida harakatlanayotgan vaqtda to‘xtatilib tekshirilgan. Undan 20 gramm geroin ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida esa avval ham giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan 1962-yilda tug‘ilgan shaxs 36 tup kannabis o‘simligini yetishtirayotgani fosh etilgan.

 

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, ilgari ham shu turdagi jinoyat uchun sudlangan 1973-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z hovlisida tashkil etilgan issiqxonada 22 tup kannabis parvarishlayotgani aniqlangan.

 

Shuningdek, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi 1965-yilda tug‘ilgan shaxsning tomorqasidan 10 tup kannabis o‘simligi topilgan.

 

Hozirda mazkur holatlarning barchasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Hodisa vaqtida aeroportda yana 20 nafarga yaqin o‘zbekistonlik bo‘lgan.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.