O'zbekiston

Damashqda Makron joylashgan mehmonxona yaqinida portlashlar yuz berdi

Suriya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 18 kishi jarohat olgan.

Damashqda Makron joylashgan mehmonxona yaqinida portlashlar yuz berdi

 

Suriya poytaxti Damashqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tashrifi vaqtida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlardan biri Suriya Turizm vazirligi binosi yaqinida, ikkinchisi esa Makron joylashgan Four Seasons mehmonxonasi atrofida yuz bergan.

 

Suriya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida kamida 18 kishi jarohatlangan, ular orasida to‘rt nafar politsiya xodimi ham bor. Ayrim ommaviy axborot vositalari qurbonlar borligini ham xabar qilgan, biroq bu ma’lumot rasmiy idoralar tomonidan tasdiqlanmagan.

 

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlarga ikkita qo‘lbola portlovchi qurilma sabab bo‘lgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisaga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlarini boshlagan.

 

Suriya Ichki ishlar vazirligi portlashlar Makron joylashgan mehmonxona atrofida tashkil etilgan xavfsizlik zonasidan tashqarida sodir bo‘lganini hamda Fransiya prezidenti hayotiga xavf tug‘dirmaganini ma’lum qilgan.

 

Shuningdek, Fransiya tomoni Makronning hodisada jarohat olmaganini tasdiqlagan. Xabarlarga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgan vaqtda prezident korteji mehmonxonani taxminan 15 daqiqa avval tark etgan bo‘lgan.

 

Ma’lum qilinishicha, portlashlar Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Suriyaga tashrifi dasturiga ta’sir ko‘rsatmagan. U rejalashtirilganidek Suriya Prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan muzokaralarni o‘tkazgan.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"