Sport

JCH-2026: Argentina super kambek evaziga Misrni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

2:0 hisobida oldinda borayotgan Misr bahs so‘ngida g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

JCH-2026: Argentina super kambek evaziga Misrni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Argentina va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi bahs muxlislarga haqiqiy dramani taqdim etdi. Ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan amaldagi jahon chempionlari uchrashuvni kambek bilan yakunlab, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Bahsning 15-daqiqasida Ibrohim Misrni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Ziko mezbonlarning ustunligini yanada mustahkamladi. Shu tariqa, misrliklar 67-daqiqaga kelib 2:0 hisobida oldinda borayotgandi.

 

Argentina esa so‘nggi daqiqalarda o‘yinni butunlay o‘zgartirdi. 79-daqiqada Kristian Romero hisobni qisqartirdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Lionel Messi muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 90+3-daqiqada esa Enso Fernandes g‘alaba golini urib, argentinaliklarga 3:2 hisobidagi irodali g‘alabani taqdim etdi.

 

Qayd etish joiz, Messi uchrashuvning 21-daqiqasida penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lgan, biroq undan foydalana olmadi.

 

JCH-2026. 1/8 final

 

Argentina — Misr 3:2

 

Gollar: Romero 79, Messi 83, Enso Fernandes 90+3 — Ibrohim 15, Ziko 67.

 

Ushbu g‘alabadan so‘ng Argentina chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va ushbu bosqichda ular Kolumbiya — Shveysariya gʻolibiga qarshi maydonga tushadi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"