O'zbekiston

O‘zbekistondagi ayrim oliygohlarda professor-o‘qituvchilar mavjud emas yoki ularning soni juda kam ekani aniqlandi

Ayrim oliygohlarda bir professor-o‘qituvchiga 200 nafardan ortiq talaba to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistondagi ayrim oliygohlarda professor-o‘qituvchilar mavjud emas yoki ularning soni juda kam ekani aniqlandi

Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi doirasida professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha indikator shakllantirildi.

 

 

Natijalarga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarida bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarida bu ko‘rsatkich 32,9 nafarni, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida esa 55,3 nafarni tashkil etgan.

 

 

 

Oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlari kesimida eng qulay nisbat ijod va sport yo‘nalishidagi oliygohlarda qayd etilgan.

 

 

Ularda bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 8,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Tibbiyot yo‘nalishidagi oliygohlarda bu ko‘rsatkich 13,6 nafarni, amaliy fanlar yo‘nalishida 26,8 nafarni, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi oliygohlarda esa 44,3 nafarni tashkil etgan.

 

 

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bir professor-o‘qituvchiga 50,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Toshkent viloyatida ushbu ko‘rsatkich 42,9 nafarni, Buxoro viloyatida 39,6 nafarni va Toshkent shahrida 37,7 nafarni tashkil etadi. Eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan — 17,3 nafar.

 

 

Shuningdek, ayrim oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchi va talabalar nisbati keskin yuqori ekani qayd etildi. Xususan, IT Park universitetida bir professor-o‘qituvchiga 244 nafar, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida 236,6 nafar, Singapur menejmentni rivojlantirish institutida 140,1 nafar, International School of Finance and Technology’da 133,8 nafar hamda “Millat umidi” universitetida 127,3 nafar talaba to‘g‘ri keladi.

 

 

Shuningdek, tahlilda ayrim xorijiy oliygohlar filiallari, jumladan Webster University ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi hamda Riga Nordic University bo‘yicha YaMMT ma’lumotlarida asosiy ish joyidagi professor-o‘qituvchilar mavjud emasligi sababli ushbu indikator hisoblanmagani qayd etilgan. Hujjatda bunday holat o‘qituvchilarning fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida faoliyat yuritayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi, biroq mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan ularni ta’lim jarayoniga jalb etish amaldagi qonunchilikka zid ekani ta’kidlangan.

 

 

Qayd etilishicha, professor-o‘qituvchi va talabalar nisbati yuqori bo‘lishi talabalar bilan individual ishlash, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda ilmiy faoliyat olib borish imkoniyatlarini cheklashi mumkin.

 

 

Ma’lumot uchun, 2026-yil iyun holatida mamlakatdagi oliy ta’lim tashkilotlarida 1 mln 605 ming 28 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularga 61 ming 88 nafar professor-o‘qituvchi ta’lim bermoqda. Respublika bo‘yicha bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 30,3 nafar talaba to‘g‘ri keladi.

 

 

 

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Taqdimotda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarga metodik yordamni kuchaytirish va tizimda zamonaviy yondashuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Bunday holatlar tungi va ertalabki vaqtlarda qisqa muddatli kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

Hozirda qolgan 61,3 mlrd so‘m zararni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom etmoqda.

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Sanepidqo‘mita epidemiologik vaziyat yuzasidan izoh berdi.

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

Bojxona postida yuk mashinasi tekshirilganda, uning pol qismi ostidan 98 ta o‘ram yashirilgan narkotik modda topildi.

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident dunyoda 645 milliondan ortiq odam ochlikdan aziyat chekayotganini taʼkidlab, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.