O'zbekiston

Surxondaryoda ikki ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchilar uchun aviachiptalar xarid qilib, buning evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilgan.

Surxondaryoda ikki ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

 

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Ichki ichlar vazirligi xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, Angor tumanida 2005-yilda tug‘ilgan ayol moddiy manfaat evaziga ikki nafar ayolni fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga yuborishni rejalashtirgan.

 

Gumonlanuvchi jabrlanuvchilar nomiga Termiz–Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha har biri 580 AQSH dollari qiymatidagi aviachiptalarni xarid qilgan. Buning evaziga esa kelgusida ulardan 6 ming AQSH dollari olishi kelishilgan.

 

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi ikki nafar ayolni Termiz xalqaro aeroporti orqali Istanbulga jo‘natayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Ichki ishlar organlarining eslatib o‘tishicha, joriy yildan boshlab odam savdosi jinoyati uchun javobgarlik kuchaytirilib, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarga 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

custom img

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Inoqov Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi hisoblanadi

custom img

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ikki xodim “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Marhum FVV xodimi Toshkentdagi xonadonda bo‘lgan yong‘inda 7 kishini qutqarib, o‘zi halok bo‘lgandi. YPX xodimi Spark urib ketishi oqibatida vafot etgandi.

custom img

Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Asadov 2021-yil mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra bir qator davlat xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

custom img

Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi

Prezident farmoni bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda OAV sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.

custom img

Taniqli qilichboz va MOQ sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev vafot etdi

U jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

custom img

Qozog‘istonda YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hozirda ularni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"