O'zbekiston

Toshkentdagi qurilish obyektida beton plita bosib qolishi tufayli bir ishchi halok bo‘ldi

Yashnobod tumanidagi qurilish obyektida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkentdagi qurilish obyektida beton plita bosib qolishi tufayli bir ishchi halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan qurilish obyektlaridan birida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 25 yoshli ishchi vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa Olmos mahallasidagi qurilish maydonida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan 25 yoshli yigitni beton plita bosib qolgan.

 

Guvohlarning aytishicha, hodisa ish jarayonida sodir bo‘lgan. Voqea haqida Favqulodda vaziyatlar xizmatiga xabar berilgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam brigadasi yetib kelgan. Jabrlanuvchi kran yordamida chiqarib olingan.

 

Yashnobod tumani tez tibbiy yordam bo‘limi rahbari Sanjar Qodirovning ma’lum qilishicha, 3-iyul kuni qurilish obyektidan kelib tushgan chaqiriqqa asosan brigada zudlik bilan yetib borgan. Biroq voqea joyida erkak og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgani aniqlangan.

 

Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qurilish obyektining hududi o‘rab qo‘yilgan.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"