Jahon

Biz bugun kechqurun Eronga qattiq zarba beramiz — Tramp

Tramp Eronni muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarga rioya qilmayotganlikda aybladi.

Biz bugun kechqurun Eronga qattiq zarba beramiz — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH 8-iyul  oqshomida Eronga yana zarba berishi mumkinligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u AQSH va Eron o‘rtasida tuzilgan dastlabki sulh kelishuvi amalda yakunlanganini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida jurnalistlar bilan muloqot qilgan Tramp Eronni muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarga rioya qilmayotganlikda aybladi. Uning aytishicha, AQSH harbiylari avvalgi kuni Eron hududlariga zarba bergan va zarurat tug‘ilsa, yangi hujumlar ham amalga oshirilishi mumkin.

 

"Ularga kichik bir ogohlantirish beraman: bugun kechqurun qattiq zarba beramiz", — dedi Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvi oldidan.

 

Tramp avvalroq AQSH va Eron o‘rtasidagi dastlabki sulh uchun asos bo‘lib xizmat qilgan anglashuv memorandumi o‘z kuchini yo‘qotganini ham ma’lum qilgan. Uning ushbu bayonotlari ortidan jahon bozorida neft narxlari keskin oshdi.

 

Shu bilan birga, AQSH prezidenti Vashington Eron bilan yana to‘liq miqyosdagi urush boshlash niyatida ekanini tasdiqlamadi. Shuningdek, dastlabki sulhni doimiy kelishuvga aylantirish bo‘yicha muzokaralar davom etadimi yoki yo‘qmi, bu borada ham aniq izoh bermadi.

 

Tramp Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini yana bir bor ta’kidlab, bunga kelishuvsiz ham erishish mumkinligini aytdi.

 

So‘nggi keskinlashuv fonida Eron AQSHning Eron hududlariga bergan zarbalariga javoban Bahrayn va Quvaytdagi AQSH harbiy obyektlarini nishonga olganini ma’lum qildi. AQSH esa bu zarbalarni Hormuz bo‘g‘ozida tankerlar hujumga uchraganidan keyin amalga oshirganini bildirgan.

 

Mojaroning qayta avj olishi Hormuz bo‘g‘ozidagi xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirdi. Kema qatnovi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida to‘rtta neft va gaz tankeri ushbu strategik suv yo‘lagi orqali harakatlanishdan voz kechib, ortga qaytgan.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.