Jahon

Rossiya Starlinkni ishdan chiqarishga urinmoqda

Tahlilchilarga ko‘ra, agar Rossiya ishdan chiqaruvchi texnologiyalarni keng miqyosda joriy eta olsa, bu Ukraina dronlari orqali olib borayotgan amaliyotlarga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Rossiya Starlinkni ishdan chiqarishga urinmoqda


 
Rossiya armiyasi Ukraina tomonidan qo‘llanilayotgan uzoq masofali dronlar hujumini to‘xtatish maqsadida Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimi signalini ishdan chiqarishga urinmoqda. Bu haqda Reuters Zaporijya viloyatida xizmat qilayotgan ukrainalik dron operatorlari va harbiy qo‘mondonlarga tayanib xabar berdi.

 


Ma'lumotlarga ko‘ra, Ukraina so‘nggi oylarda "o‘rta masofali zarba dronlari"dan foydalanishni sezilarli darajada kengaytirgan. Starlink orqali boshqariladigan ushbu apparatlar Rossiyaning front ortidagi ta'minot yo‘llari, yoqilg‘i omborlari, o‘q-dori tashuvchi yuk mashinalari va harbiy texnikalariga zarbalar bermoqda. Bu esa Rossiya logistikasiga jiddiy muammolar tug‘dirmoqda.


 
Shu sababli Rossiya elektron urush vositalarini faol qo‘llashni boshlagan. Ukrainalik harbiylarning aytishicha, rus qo‘shinlari Volna, Kupol va Garant kabi zamonaviy radioelektron kurash tizimlarini joylashtirib, Starlink signallarini bostirishga urinmoqda. Xususan, Ukraina Mudofaa vazirligi maslahatchisi Serhiy Beskrestnovning aytishicha, "Volna Kupol Garant" majmuasi taxminan 20 kvadrat kilometr hududda Starlink tarmog‘i ishlashiga xalaqit bera oladi.


 
Ukrainalik dron operatorlarining ta'kidlashicha, bunday tizimlar ayrim hududlarda dronlar bilan aloqani uzib qo‘yadi va ularning nishonga aniq zarba berishini qiyinlashtiradi. Shu bois Ukraina armiyasi ushbu radioelektron kurash majmualarini alohida nishon sifatida yo‘q qilishga harakat qilmoqda. Reuters bilan suhbatlashgan harbiylardan biri Rossiyaning Starlinkni bostirish tizimlari "eng ustuvor nishonlardan biri" ekanini aytgan.


 
Rossiya faqat elektron kurash bilan cheklanmayapti. Harbiylar dronlardan yashirinish uchun yoqilg‘i tashuvchi mashinalarni oddiy fuqarolik transporti ko‘rinishiga keltirmoqda, harbiy yuklarni oddiy yuk mashinalarida tashimoqda, ayrim hollarda esa mototsikl va kvadrosikllardan foydalanmoqda. Shuningdek, yoqilg‘i zaxiralari oddiy yoqilg‘i quyish shoxobchalari va vaqtinchalik yashirin joylarda saqlanayotgani aytilmoqda.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.