Jahon

Tramp Ispaniya bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatishni buyurdi

Vashington va Madrid o‘rtasidagi munosabatlar mart oyida Ispaniya hukumati AQSHga Rota va Moron qo‘shma harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat bermaganidan buyon yomonlashib kelmoqda.

Tramp Ispaniya bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatishni buyurdi

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammiti chog‘ida moliya vaziri Skott Bessentga Ispaniya bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berganini ma'lum qildi. Uning aytishicha, bunday qarorga Madridning NATO majburiyatlarini bajarmayotgani va AQSHning Eronga qarshi harbiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlamagani sabab bo‘lgan, demoqda Reuters axborot agentligi. 


 
Tramp Anqarada jurnalistlar bilan suhbatda Ispaniyani "NATOdagi dahshatli hamkor" deb atadi.


 
"Men moliya vaziriga Ispaniya bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatishni buyurdim. Biz ular bilan hech qanday savdo qilishni istamaymiz", dedi AQSH prezidenti.


 
AQSH prezidenti, shuningdek, Ispaniya alyansning mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish bo‘yicha yangi maqsadini qo‘llab-quvvatlamayotganini tanqid qildi. Trampning fikricha, NATOga a'zo barcha davlatlar mudofaa uchun teng darajada mablag‘ ajratishi kerak.


 
Vashington va Madrid o‘rtasidagi munosabatlar mart oyidan buyon keskinlashib bormoqda. O‘shanda Ispaniya hukumati AQSHning Eronga qarshi harbiy operatsiyalari uchun Rota va Moron qo‘shma harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat bermagandi. Keyinchalik Madrid AQSH harbiy samolyotlari uchun o‘z havo hududini ham yopgan edi.


 
Reuters ma'lumotiga ko‘ra, Pentagon avvalroq Ispaniyaga nisbatan qator bosim choralarini, jumladan, NATOdagi maqomini qayta ko‘rib chiqish ehtimolini ham muhokama qilgan. Biroq bu borada rasmiy qaror qabul qilinmagan.


 
Trampning yangi bayonoti AQSH va Eron o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaygan bir paytda yangradi. AQSh 8-iyul kuni tongda Eron hududidagi 80 dan ortiq harbiy nishonga zarba bergan, bunga javoban Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSH harbiy obyektlariga raketa hamda dronlar bilan hujum qilgan edi. Shu fon sabab NATO ichidagi kelishmovchiliklar yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.


 
Hozircha Ispaniya hukumati Trampning savdo aloqalarini to‘xtatish haqidagi so‘nggi bayonotiga rasmiy munosabat bildirmagan.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.