Jahon

Omskdagi dron hujumlariga aloqamiz yo‘q — Qozog‘iston TIV

Tashqi ishlar vazirligi Omsk viloyatiga hujum qilgan dronlar mamlakat hududidan uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etib, bunday da’volar hech qanday dalil bilan tasdiqlanmaganini bildirdi.

Omskdagi dron hujumlariga aloqamiz yo‘q — Qozog‘iston TIV

 

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Omsk viloyatiga hujum qilgan uchuvchisiz uchish apparatlari mamlakat hududidan uchirilgani haqidagi xabarlarni qat’iyan rad etdi.

 

Vazirlikning Tengrinews'ga ma’lum qilishicha, ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, dronlar Qozog‘iston hududidan uchirilgani hamda keyinchalik Rossiyaning Omsk viloyatiga zarba bergani haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hech qanday ishonchli dalil yoki faktlar bilan tasdiqlanmagan.

 

“Ushbu da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hech qanday ma’lumot yoki faktlar bilan tasdiqlanmagan. Biz bunday xabarlarni Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarni buzib ko‘rsatishga qaratilgan asossiz iddaolar deb hisoblaymiz. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida izchil rivojlanmoqda”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

 

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston o‘z hududi, havo makoni va infratuzilmasidan boshqa davlatlarga qarshi qaratilgan har qanday harbiy yoki noqonuniy harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanilishiga qat’iyan yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.

 

Vazirlik mamlakat xalqaro huquq normalariga rioya etishi, tinchlikparvar tashqi siyosat yuritishi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z zimmasidagi majburiyatlarni izchil bajarib kelayotganini qayd etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 6-iyul kuni Rossiyaning Omsk viloyatida uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi qayd etilgan edi. Viloyat gubernatori Vitaliy Xotsenkoning ma’lum qilishicha, bir nechta dron Omskning shimoliy sanoat hududiga yetib borgan, keyinchalik ularning neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilgani bildirilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmagan, dronlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan zararsizlantirilgan.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.