Jahon

Eronda Ali Xomanaiyning dafn marosimi yakunlandi

Marhum Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi, marosimga uning to‘ng‘ich o‘g‘li boshchilik qilgan.

Eronda Ali Xomanaiyning dafn marosimi yakunlandi

 

Eron davlat teleradiokompaniyasi (IRIB) ma’lumotiga ko‘ra, sobiq oliy rahbar Ali Xomanaiy mamlakat shimoli-sharqidagi Mashhad shahrida joylashgan Imom Rizo maqbarasi hududiga dafn etildi.

 

Ko‘chalarda motam ishtirokchilari sonining juda ko‘pligi sababli marhumning tobuti dafn etiladigan joyga vertolyot orqali olib borilgan. Dafn marosimiga uning to‘ng‘ich o‘g‘li oyatulloh Mustafo Xomanaiy boshchilik qildi.

 

Shu bilan birga, Tehron, Qum hamda Iroqning shialar uchun muqaddas sanalgan Najaf va Karbalo shaharlarida bir hafta davom etgan motam tadbirlari ham yakunlangan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari hisob-kitoblariga ko‘ra, xotira marosimlarida 41–43 million kishi ishtirok etgan.

 

86 yoshli Ali Xomanaiy 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga uyushtirgan hujumlarining birinchi kunida o‘z qarorgohiga berilgan zarba oqibatida halok bo‘lgan edi.

 

U 1981–1989-yillarda Eron prezidenti, 1989-yildan boshlab esa mamlakatning oliy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Xomanaiyning vafotidan so‘ng oliy rahbar lavozimini uning o‘g‘li Mojtaba Xomanaiy egallagani ma’lum qilingan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u tayinlanganidan buyon jamoatchilik oldida ko‘rinish bermagan.

custom img

Nepalda kuchli suv toshqini bo‘ldi: qurbonlar soni 95 nafarga yetdi

Bxote Koshi daryosida yuzaga kelgan toshqin oqibatida 63 kishi jarohatlandi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"