Sport

Fransiya Jahon chempionatining ilk yarim finalchisiga aylandi

Jamoa chorak finalda Marokashni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Fransiya Jahon chempionatining ilk yarim finalchisiga aylandi

 

Fransiya terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining chorak finalida Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga chiqqan ilk jamoaga aylandi.

 

AQSHning Massachusets shtatidagi Gillette Stadiumda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Fransiya sardori Kilian Mbappe 28-daqiqada penalti tepish imkoniyatidan foydalana olmadi. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda fransuzlar tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga oldi.

 

Hisob 60-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan ochildi. Oradan olti daqiqa o‘tib esa Usmon Dembele Mbappening uzatmasidan unumli foydalanib, jamoasining ikkinchi golini kiritdi va uchrashuv taqdirini hal qildi.

 

Mazkur g‘alaba evaziga Fransiya Jahon chempionati tarixida sakkizinchi marta yarim finalga chiqib, Braziliyaning rekordini takrorladi. Shuningdek, fransuzlar ketma-ket uchinchi bor mundial yarim finalida ishtirok etadigan bo‘ldi.

 

Yarim finalda Didye Desham shogirdlari Ispaniya – Belgiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 14-iyul kuni Dallasda bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.