Jahon

O‘zbekistonlik oilalar uchun barcha sharoitlarni yaratamiz — Aleksandr Lukashenko

Belarus prezidenti O‘zbekiston fuqarolarini, xususan oilalarni Belarusga kelib, yashash va ishlashga taklif qildi.

O‘zbekistonlik oilalar uchun barcha sharoitlarni yaratamiz — Aleksandr Lukashenko

 

Minsk shahrida Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Belarus rahbari mamlakatda ishchi kuchiga ehtiyoj mavjudligini ta’kidlab, o‘zbekistonlik oilalarni Belarusda istiqomat qilishga chaqirdi.

 

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda yer va suv resurslari yetarli bo‘lsa-da, ayrim sohalarda ishchi kuchi tanqisligi kuzatilmoqda. Shu bois u o‘zbekistonlik oilalar Belarusga kelib, yashashi, mehnat qilishi, zarurat tug‘ilganda tibbiy xizmat va ta’lim olish imkoniyatidan foydalanishini istashini bildirgan.

 

Belarus prezidenti, shuningdek, ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni alohida qayd etib, mavjud yaqinlikni amaliy hamkorlik bilan mustahkamlash zarurligini ta’kidlagan.

 

Muzokaralar davomida iqtisodiy hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, Belarus tomoni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, zarurat tug‘ilganda o‘zbekistonlik mutaxassislarni Belarusdagi korxonalarda o‘qitishga tayyorligini ma’lum qilgan.

 

Bundan tashqari, Belarus O‘zbekiston investorlarini mamlakatning Vitebsk viloyatida chorvachilik loyihalarini amalga oshirishga taklif etgan. Lukashenko bunday hamkorlik O‘zbekistonni sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash, Belarus uchun esa yangi ish o‘rinlari yaratish va qishloq hududlarini rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etgan.

 

Shuningdek, u Belarus hududlarida O‘zbekiston savdo uylari tarmog‘ini kengaytirish tashabbusini ilgari surgan.

 

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Belarus prezidentlari ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.