O'zbekiston

Sobiq maktab direktori Gulira’no Qosimova sud qarori bilan lavozimiga tiklandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi ish beruvchining xodimni ishdan bo‘shatish haqidagi buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topdi.

Sobiq maktab direktori Gulira’no Qosimova sud qarori bilan lavozimiga tiklandi

Sobiq maktab direktori Gulira’no Qosimova fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan avvalgi ish joyiga tiklandi. Sud, shuningdek, uning majburiy progul davri uchun uch oylik ish haqi undirilishi haqida ham qaror chiqardi.

 

Qosimovaning aytishicha, u ishdan noqonuniy bo‘shatilgani yuzasidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Sud ish materiallarini o‘rganib, ish beruvchining uni ishdan bo‘shatish haqidagi buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topgan hamda da’vogarning talablarini qanoatlantirgan.

 

Gulira’no Qosimova sud qarori bilan buzilgan mehnat huquqlari tiklanganini bildirib, sud tizimiga minnatdorlik izhor etdi. Uning ta’kidlashicha, mazkur jarayon sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlagan.

 

"Sud mening huquqlarimni tikladi va adolat qaror topdi. Sudyalar ishni xolis va qonun asosida ko‘rib chiqdi", dedi u.

 

Qosimova, shuningdek, sud hokimiyati faoliyati hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish borasidagi islohotlarni e’tirof etib, sudyalarga, davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.

 

Furqat tumanidagi maktab direktori IIB va Soliq boshliqlari munosabati qurboni bo‘lgan edi. 

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.