O'zbekiston

Uyida 20 kgdan ortiq narkotik saqlagan 58 yoshli shaxs ushlandi

Shuningdek, Toshkentda virtual narkokanal tashkil qilgan ikki nafar shaxs ham qo‘lga olingan.

Uyida 20 kgdan ortiq narkotik saqlagan 58 yoshli shaxs ushlandi

 

DXX ma’lumotiga ko‘ra, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor tadbir davomida 1968-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaroning Toshkent shahridagi vaqtincha yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

 

Natijada xonadondan 13 kilogramm 50 gramm opiy hamda 7 kilogramm 137 gramm gashish aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Shu tariqa jami 20 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi musodara qilingan.

 

Mazkur holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro ustidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov doirasida uning ehtimoliy jinoiy sheriklari hamda narkotik moddalarning kelib chiqish manbalarini aniqlash bo‘yicha tezkor-tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Bundan tashqari, DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda virtual narkokanal tashkil qilgan 1991 va 2000-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olingan.

 

Ulardan gashish va gashish moyi musodara qilingan.

 

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlardan biri ilgari Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan sudlangan, ikkinchisi esa joriy yilning aprel oyida giyohvandlik vositalari bilan ushlanib, tergovga gumondor sifatida jalb etilgan bo‘lgan.

 

Hozirda har ikkala holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Hodisa vaqtida aeroportda yana 20 nafarga yaqin o‘zbekistonlik bo‘lgan.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.