Sport

JCH-2026: Angliya qo‘shimcha bo‘limlarda Norvegiyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

Holland o‘zining ilk Jahon chempionatini 7 ta gol bilan yakunladi.

JCH-2026: Angliya qo‘shimcha bo‘limlarda Norvegiyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

2026 yilgi Jahon chempionatining chorak final bosqichida Angliya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs muxlislarga keskin kurashni taqdim etdi. Qo‘shimcha bo‘limlargacha cho‘zilgan uchrashuvda inglizlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Bahsda hisobni 36-daqiqada norvegiyalik Andreas Shelderup ochdi. Biroq birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Jud Bellingem muvozanatni tikladi va jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida yo‘l oldi. 

 

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Norvegiyaning yana bir goli VAR tekshiruvidan so‘ng bekor qilindi va asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmadi. 

 

Qo‘shimcha bo‘limning 93-daqiqasida Jud Bellingem norvegiyalik darvozabonning xatosidan unumli foydalanib, o‘zining ikkinchi golini urdi va Angliyaga 2:1 hisobidagi muhim g‘alabani taqdim etdi. Ushbu natijadan so‘ng Tomas Tuxel shogirdlari Jahon chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi va endi Argentina — Shveysariya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. 

 

JCH-2026. Chorak final 

 

Gollar: Shelderup 36 — Bellingem 45+2, 93.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"