Sport

JCH-2026: Messi boshchiligidagi Argentina Shveysariyani magʻlub etib yarim finalga yoʻl oldi

Amaldagi jahon chempionlari final yoʻllanmasi uchun Angliya bilan bahs olib boradi.

JCH-2026: Messi boshchiligidagi Argentina Shveysariyani magʻlub etib yarim finalga yoʻl oldi

Jahon chempionatining chorak final bosqichidan o‘rin olgan Argentina va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlargacha davom etgan uchrashuvda amaldagi jahon chempionlari 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalning so‘nggi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Argentina uchrashuvni faol boshladi va 10-daqiqada Aleksis Mak Allisterning aniq zarbasi evaziga hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Shveytsariya hujumlarini kuchaytirdi va 67-daqiqada Dan Ndoye muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda boshqa gol urilmadi va bahs qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.

 

Ekstra taymlarning ikkinchi qismida Xulian Alvares uzoq masofadan yo‘llagan chiroyli zarbasi bilan argentinaliklarni yana oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida esa Lautaro Martines qarshi hujumni gol bilan yakunlab, yakuniy hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

 

Shveytsariya uchrashuvning 72-daqiqasidan boshlab bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Breel Embolo ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.

 

Shu tariqa, Lionel Messi boshchiligidagi Argentina yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi amaldagi jahon chempionlari final yo‘llanmasi uchun Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

 

JCH-2026. Chorak final

 

Argentina — Shveytsariya 3:1 (qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng)

 

Gollar: Mak Allister 10, Alvares 112, Lautaro Martines 120+1 — Ndoye 67.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"