Sport

Kannavaroning O‘zbekiston MTJdagi kelajagi ma’lum bo‘ldi

JChdagi qoniqarsiz natijalar sabab italiyalik murabbiyning terma jamoadan ketishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi.

Kannavaroning O‘zbekiston MTJdagi kelajagi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘z lavozimida qoladi va jamoani 2027 yilgi Osiyo kubogiga tayyorlaydi. Bu haqda Championat.asia nashri xabar berdi. 

 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati italiyalik mutaxassis faoliyatiga ishonch bildirmoqda. Shu sababli Kannavaro terma jamoa bilan ishlashni davom ettiradi hamda jamoani navbatdagi yirik musobaqa — Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga boshlab boradi. 

 

Qayd etilishicha, JCH-2026 yakunlanganidan so‘ng murabbiy oldiga Osiyo kubogida yuqori natija qayd etish, xususan, chempionlik uchun kurashish vazifasi qo‘yilgan. 

 

Shuningdek, yaqin kunlarda Fabio Kannavaro terma jamoaning navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari rejasini ishlab chiqishi va Osiyo kubogiga tayyorgarlikning yangi bosqichini boshlashi kutilmoqda. 

 

Murabbiylar shtabi tarkibni yanada shakllantirish hamda qit’a birinchiligiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga asosiy e’tiborni qaratadi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.