O'zbekiston

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan dalalarni yoqqan 172 kishi jarimaga tortildi

Huquqbuzarlarga jami 212,5 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 652,3 million so‘m etib baholangan.

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan dalalarni yoqqan 172 kishi jarimaga tortildi

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan yer maydonlarini yoqish holatlariga qarshi nazorat kuchaytirildi, deya xabar bermoqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi.

 

Ma’lum qilinishicha, qonunbuzarliklar aerokosmik ma’lumotlar yordamida aniqlanmoqda. Dalalarni yoqishning oldini olish maqsadida hududlardagi 7 760 ta fermer xo‘jaligiga ogohlantirish xatlari yuborilgan.

 

Shuningdek, Ekopolitsiya va “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan olib borilgan monitoring davomida bug‘doydan bo‘shagan 744 ta yer maydonida yong‘in holati aniqlangan. Davlat ekologiya inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar yakunida 172 nafar huquqbuzarga 212,5 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Bundan tashqari, tabiatga yetkazilgan zarar 652,3 million so‘m etib baholangan.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon, shox-shabba hamda boshqa o‘simlik qoldiqlari, shuningdek, qurilish chiqindilarini yoqish bilan bog‘liq 9 821 ta huquqbuzarlik aniqlanib, ular bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi fuqarolar hamda fermer xo‘jaliklarini g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somonpoyalarni yoqmaslikka va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.