O'zbekiston

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchilar xonasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 12-iyul kuni soat 14:45 da Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan "O‘zbekiston" mehmonxonasining 10-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

 

Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:49 da yetib borib, yong‘inni soat 14:54 da to‘liq o‘chirgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchi-xizmatchilar xonasi yonib zararlangan. Binoda o‘rnatilgan yong‘inga qarshi xavfsizlik tizimlari o‘z vaqtida ishga tushgani sababli yong‘in qisqa fursatda bartaraf etilgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

custom img

2025-yilda korrupsion jinoyatlar eng ko‘p Andijonda aniqlangan — senator

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha 7 517 kishi javobgarlikka tortilgan.

custom img

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

UzCERT hujumlar oqibatida ayrim tizimlardagi ma’lumotlar shifrlanganini ma’lum qilib, tashkilotlarni zudlik bilan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

custom img

Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi qayrilib olayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Captiva bilan to‘qnashgan.

custom img

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Denovda fuqaroning uyi ogohlantirishsiz buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MIB holatga oydinlik kiritdi.

custom img

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Ichan qal’a va “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan tadbirda Xorazmning qovunchilik an’analari, milliy taomlar, hunarmandchilik, folklor, musiqa va gastronomik mahsulotlar namoyish etilmoqda.

custom img

Andijon viloyatida tongda zilzila bo‘ldi

Zilzila epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan. U yerda yer silkinishi 2–3 ballni tashkil etgan.

custom img

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"