Jahon

Iroqda korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida 375 kilogramm oltin musodara qilindi

Musodara qilingan oltin korrupsiyada gumonlanayotgan sobiq neft vaziri o‘rinbosari Adnan al-Jumayliyga oid jinoyat ishi doirasida aniqlangan.

Iroqda korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida 375 kilogramm oltin musodara qilindi

Iroq huquqni muhofaza qiluvchi organlari korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniya doirasida 375 kilogramm oltinni musodara qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, qimmatbaho metall korrupsiyada gumonlanayotgan neftni qayta ishlash masalalari bo‘yicha sobiq neft vaziri o‘rinbosari Adnan al-Jumayliyga oid jinoyat ishi doirasida aniqlangan.

 

Iroq Oliy sud kengashi ma’lumotiga ko‘ra, Kurdiston mintaqaviy hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan operatsiya davomida 358 kilogramm oltin, alohida tergov doirasida esa yana 17 kilogramm oltin musodara qilingan. Oltin Iroq Markaziy bankiga topshirilgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Adnan al-Jumayliy davlat resurslari va hukumat shartnomalaridan noqonuniy foydalanib, pora va shaxsiy manfaat evaziga korrupsion sxemalarni yo‘lga qo‘yganlikda gumon qilinmoqda. U may oyida hibsga olingan, 2-iyun kuni esa rasman lavozimidan chetlatilgan.

 

Mazkur ish doirasida avvalroq yomg‘ir suvi oqizish quvuridagi chuqurdan 14 milliard Iroq dinori (10,6 million dollar) naqd pul topilgani ham ma’lum qilingan edi. Hukumat hisob-kitobiga ko‘ra, faqat ushbu ishning o‘zida aniqlangan mablag‘lar 127 milliard Iroq dinori (96 million dollar) hamda qo‘shimcha 24 million dollar, ko‘chmas mulklar, avtomobillar va oltin taqinchoqlarni tashkil etadi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, tergovlar davlat mablag‘larining talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan “Tong operatsiyasi” (Operation Dawn) doirasida olib borilmoqda. Kampaniya davomida bir necha yuqori lavozimli mansabdorlar, jumladan, deputatlar ham hibsga olingan, ayrimlarining daxlsizligi bekor qilingan.

 

Iroq hukumati xorijda yashayotgan yuzlab gumondorlarni ekstraditsiya qilish va chetga olib chiqilgan aktivlarni qaytarish choralarini ham ko‘rmoqda.

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

Vashington Fors ko‘rfazidagi bir nechta davlatni ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgan.

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Elchixona bunga husiylarning fuqarolik aeroportlari va muhim infratuzilmaga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan.

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Kelishuv Kanada, Norvegiya va Germaniya tomonidan moliyalashtiriladi.

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Viza dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati hozircha noma’lumligicha qolmoqda.