Jahon

Qirg‘iziston Prezidentining qizi ommaga ko‘rinish berdi

Sadir Japarov bu piar yoki siyosatga aralashishga urinish emasligini aytdi.

Qirg‘iziston Prezidentining qizi ommaga ko‘rinish berdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqlarda qizi Janayimning “Oltin Bolalik” reabilitatsiya markazida bolalarga sovg‘alar ulashayotgani aks etgan video yuzasidan izoh berdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

 

Prezidentning aytishicha, bu holat na piar, na qizini siyosatga jalb etishga urinish bilan bog‘liq. Japarov bu haqda “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida so‘z ochib, farzandlari va yaqinlarini siyosat hamda davlat ishlariga aralashtirmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bunday urinishlar bo‘lganida, bu allaqachon jamoatchilikka ma’lum bo‘lardi.

 

Prezidentning ma’lum qilishicha, “Oltin Bolalik” bolalar reabilitatsiya markazi uning topshirig‘i bilan uch yil avval to‘liq qurib bitkazilgan va zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Hozir u yerda har yili Qirg‘izistonning barcha hududlaridan, avvalo kam ta’minlangan oilalar farzandlari sog‘lomlashtiriladi.

 

Japarov uning rafiqasi Aygul Japarova har yili markazdagi bolalarga sovg‘alar topshirishini aytdi. Bu yil u markazga bora olmagani sababli sovg‘alarni qizi Janayim olib borgan. U bolalarga kiyimlarni topshirgach, darhol ortga qaytgan.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, tadbirni ommaviy yoritish rejalashtirilmagan, unda OAV vakillari ham ishtirok etmagan. Videoni tadbir ishtirokchilaridan biri telefonida tasvirga olib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

 

Japarov ushbu voqeadan siyosiy maqsadlarda foydalanmaslikka chaqirdi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.