O'zbekiston

Samarqandda prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mansabdor gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha zarar miqdorini kamaytirish evaziga pora olgan.

Samarqandda prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Samarqand viloyatida Urgut tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan pora olish va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.


Aniqlanishicha, u Pastdarg‘om tumani prokuraturasida faoliyat yuritgan davrida xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy MCHJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi oqibatida davlatga yetkazilgan 2 milliard 887 million so‘mlik zararni 805,9 million so‘mga kamaytirib berish evaziga vositachilar orqali 6,5 ming AQSH dollari va 35 million so‘m pora olgan.



Shuningdek, mansabdor shaxs mazkur MCHJ mansabdorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida zarar miqdorini 150–200 million so‘mgacha kamaytirish hamda sudda yengilroq jazo tayinlanishiga ko‘maklashishni va’da qilib, korxona egasidan 15 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlangan.



Prokuror o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari yuzasidan ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.



Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.