O'zbekiston

Surxondaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxslar ushlandi

Bolalarning ota-onalariga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Surxondaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxslar ushlandi

Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim berish holati fosh etildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Termiz shahrida 1971 va 1996-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro o‘z yashash xonadonida besh nafar voyaga yetmagan bolaga moddiy manfaat evaziga, tegishli ruxsatlarsiz hamda amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda diniy ta’lim berib kelgan.

 

Tezkor tadbir davomida xonadondan 14 dona diniy adabiyot protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229²-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, noqonuniy diniy ta’lim olgan voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan ham amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilayotgani bildirildi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"