O'zbekiston

Jazirama sabab Surxondaryoda yuk mashinalari harakati cheklanadi

Cheklovlar jazirama issiq tufayli asfalt qoplamasi shikastlanishining oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.

Jazirama sabab Surxondaryoda yuk mashinalari harakati cheklanadi

 

Surxondaryo viloyatida o‘ta issiq ob-havo sabab og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etiladi.

 

Viloyat hokimligi ma’lum qilishicha, jazirama havo sharoitida avtomobil yo‘llari qoplamasini saqlash hamda ularning muddatidan oldin shikastlanishining oldini olish maqsadida og‘ir yuk transporti harakati vaqtincha cheklanadi.

 

Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda kunduzi havo harorati 42–44°C, ayrim hududlarda esa undan ham yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Bunday sharoitda asfalt qoplamasi harorati 70–80°C gacha yetishi natijasida yo‘llarning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayib, og‘ir transport vositalari ta’sirida deformatsiyalar yuzaga kelishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan Termiz shahri, tuman markazlari hamda ularni bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida og‘ir yuk avtomobillarining harakati har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha vaqtincha cheklanadi.

 

Viloyat hokimligi haydovchilar hamda yuk tashuvchi korxona va tashkilotlardan belgilangan cheklovlarga qat’iy amal qilish, yuk tashish vaqtlarini oldindan rejalashtirishni so‘radi.

 

Qayd etilishicha, mazkur choralar yo‘l infratuzilmasini asrash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.