O'zbekiston

Toshkent va Qashqadaryoda pora olgan mansabdorlar qo‘lga olindi

15 ming dollar va 17 mln so‘m pora bilan bog‘liq korrupsion holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkent va Qashqadaryoda pora olgan mansabdorlar qo‘lga olindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida ikki korrupsion holat fosh etildi. Bu haqda DXX ma'lum qildi.

 

Toshkent shahrida Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi hududiy boshqarmasining bosh mutaxassisi mansabdor tanishlari orqali sanoat zonasi balansidagi yer maydonini ijaraga rasmiylashtirish, ijara haqini kamaytirish hamda korxonaning avvalgi qarzdorligini bartaraf etish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan. U so‘ralgan mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Qashqadaryo viloyatida esa Muborak tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish bilan bog‘liq ish bo‘yicha korxonaga yetkazilgan 103 million so‘mlik zararni 34 million so‘mga kamaytirib berganini aytib, buning evaziga 17 million so‘m talab qilgan. Mansabdorning noqonuniy harakati pul mablag‘larini turmush o‘rtog‘i orqali olayotgan vaqtida qo'lga olingan.

 

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.