O'zbekiston

O‘zbekiston va Qirg‘iziston turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar o‘zaro turistlar oqimini oshirish, qo‘shma turistik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A. Aqqulov Qirg‘iziston Turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi (KATO) ijrochi direktori N. Saparov hamda ikki mamlakatning yetakchi turoperatorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Uchrashuvda o‘zaro turistlar oqimini ko‘paytirish, qo‘shma turistik marshrutlarni ishlab chiqish, shuningdek, turoperatorlar, mehmonxona xo‘jaliklari va transport kompaniyalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va qadimiy shaharlarini Qirg‘izistonning noyob tabiati, tog‘ va ekoturizm imkoniyatlari bilan o‘zaro bog‘laydigan sayohat dasturlarini shakllantirish xorijiy sayyohlar uchun jozibador va raqobatbardosh taklif yaratishini qayd etdilar.

 

KATO bilan hamkorlik doirasida ikki mamlakat turizm sohasi vakillari uchun o‘zaro infoturlar tashkil etish, "O‘zbekiston – Qirg‘iziston" qo‘shma turistik marshrutlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda ularni raqamli platformalar va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish yuzasidan fikr almashildi.

 

 

Shu bilan birga, dunyoning yirik xalqaro turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning sayyohlik imkoniyatlarini "Markaziy Osiyo" yagona mintaqaviy brendi ostida taqdim etish, qo‘shma milliy stendlar, taqdimotlar va marketing tadbirlarini tashkil qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Bunday yondashuv mintaqaning boy tarixiy merosi, madaniy rang-barangligi va tabiiy salohiyatini yagona sayyohlik yo‘nalishi sifatida xalqaro auditoriyaga namoyish etish imkonini beradi.

 

Uchrashuv yakunida uchinchi mamlakatlardan sayyohlarni jalb qilish, Bishkekdan Samarqand va Urganch shaharlariga yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni faol targ‘ib etish hamda ikki davlat turizm biznesi vakillari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Belgilangan tashabbuslarning amalga oshirilishi O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi turistik almashinuvni kengaytirish, sayohatlar geografiyasini boyitish hamda Markaziy Osiyoning xalqaro turizm bozoridagi nufuzi va jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.