Jahon

Rossiya va Ukraina 532 nafar halok bo‘lgan harbiyning jasadini almashdi

Ukraina 501 nafar, Rossiya esa 31 nafar harbiyning jasadini qabul qilgan.

Rossiya va Ukraina 532 nafar halok bo‘lgan harbiyning jasadini almashdi

Rossiya va Ukraina urushda halok bo‘lgan 532 nafar harbiyning jasadini almashdi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

 

Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyevga ko‘ra, Ukraina 501 nafar harbiy xizmatchining jasadini qabul qilgan, evaziga esa Rossiyaga 31 nafar harbiyning jasadi topshirilgan.

 

Interfaks agentligi ma’lumotiga ko‘ra, almashinuv Belarus bilan chegaraga yaqin hududda amalga oshirilgan. Ukraina tomoni mazkur almashinuvni hozircha rasman tasdiqlamagan.

 

RBC qayd etishicha, bu 2026-yil boshidan buyon halok bo‘lgan harbiylar jasadlari yoki harbiy asirlar almashilgan 13-holat hisoblanadi.

 

Halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini qaytarish va harbiy asirlarni almashish 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi kam sonli gumanitar hamkorlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

 

Qayd etilishicha, Rossiya harbiylari Ukraina tomonini 6-iyul kuni halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashish uchun e’lon qilingan olti soatlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini rad etganlikda ayblagan. Ukrainadan bu da’voga rasmiy munosabat bildirilmagan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"