Jinoyat

Toshkent aeroportida ikki ayol odam savdosi qurboni bo‘lishdan saqlab qolindi

Ular Turkiyada yuqori daromadli ish topish va’dasiga aldanib, Istanbulga yo‘l olgandi.

Toshkent aeroportida ikki ayol odam savdosi qurboni bo‘lishdan saqlab qolindi

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatning oldi olindi.

 

Aniqlanishicha, Namangan viloyatining Pop tumanida ro‘yxatda turgan, ammo Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yashab kelgan ayol Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qiluvchi tanishi bilan oldindan til biriktirib, ikki nafar ayolni chet elga yuborishga uringan.

 

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchilardan biri Uchko‘prik, ikkinchisi esa Buvayda tumanida yashaydi. Gumonlanuvchilar ularni Turkiyada yuqori daromadli ish topish va’dasi bilan aldab, Istanbulga borish uchun elektron aviachiptalarni ham rasmiylashtirib bergan.

 

Biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayollarning xorijga chiqib ketishiga Toshkent xalqaro aeroportida chek qo‘yildi.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni xorijda ish taklif qilayotgan shaxslarga ishonishda ehtiyot bo‘lish, faqat qonuniy mehnat migratsiyasi yo‘llaridan foydalanish va shubhali takliflarga aldanmaslikka chaqirdi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.