O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘tgan yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi, joriy yilning o‘tgan davrida esa o‘sish qariyb 40 foizni tashkil etdi.

 

Qurilish, energetika, geologiya, logistika, moliya, yoqilg‘i, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan, qo‘shma Investitsiya kompaniyasi ishtirokida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

 

Shu ma’noda, bugun bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining yakunlari yuksak baholandi. 

 

Shuningdek, ikki mamlakat hududlari forumi natijador o‘tishini ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.