O'zbekiston

Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik ayol uch farzandi bilan vatanga qaytarildi

Ayol 15 yildan ortiq vaqt davomida Rossiyada qonuniy maqomsiz yashab kelgan

Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik ayol uch farzandi bilan vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi A.S. uch nafar voyaga yetmagan farzandi bilan vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ayol elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilib, 15 yildan ortiq vaqt davomida Rossiyada qonuniy maqomsiz yashab kelgani, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va moliyaviy imkoniyatlari yo‘qligi sababli farzandlari uchun munosib sharoit yarata olmayotganini ma’lum qilgan hamda O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘ragan.

 

Konsullik bo‘limi xodimlari Rossiyaning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ayolning uch nafar farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni rasmiylashtirgan. Shuningdek, ularga konsullik yig‘imlari undirilmagan holda O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari berilgan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi ko‘magida ayol va uning farzandlari uchun Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva–Urganch yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilinib, ularning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"