O'zbekiston

Zangiotadagi gaz “zapravka”sida yuz bergan portlash sabablari ochiqlandi

AGTShda maishiy gaz ballonlariga noqonuniy gaz to‘ldirilgani portlashga sabab bo‘lgan.

Zangiotadagi gaz “zapravka”sida yuz bergan portlash sabablari ochiqlandi

 

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida avtomobillarga suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida (AGTSh) yuz bergan portlash bo‘yicha dastlabki o‘rganish natijalari e’lon qilindi.

 

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 16-iyul kuni soat 22:46 atrofida Zangiota tumani Erkin mahallasida joylashgan “Ohangaron gaz to‘ldirish shoxobchasi” MChJ hududida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, mazkur shoxobchaga faqat avtomobillarga suyultirilgan gaz to‘ldirish uchun ruxsat berilgan bo‘lishiga qaramay, u yerda belgilangan talablarga zid ravishda maishiy gaz ballonlariga ham gaz quyilgan.

 

Hodisa vaqtida “Labo” rusumli avtomobilda olib kelingan 6 dona maishiy gaz balloniga qo‘lbola o‘tish moslamasi orqali gaz to‘ldirilayotgan bo‘lgan. Uchinchi ballon to‘ldirilayotgan paytda bosim ostidagi shlang yorilib, ulangan joyidan ajralgan. Natijada yuzaga kelgan chaqnash gaz ballonlarining ketma-ket portlashiga sabab bo‘lgan.

 

Portlash oqibatida 2 ta gaz balloni portlagan, yana 4 tasi yonib, mexanik shikastlangan.

 

Hodisada uch nafar fuqaro turli darajadagi kuyish jarohatini olgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli o‘rta og‘ir (12–15 foiz), bir nafarining ahvoli esa og‘ir (80 foiz) ekani ma’lum qilindi. Jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Ayni paytda voqea joyida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mutaxassislari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Portlashning aniq sabablarini aniqlash maqsadida kompleks sud ekspertizasi tayinlangan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.