O'zbekiston

Anomal issiq avtobuslardagi konditsionerlar samaradorligiga ta’sir qilmoqda — "Toshshahartransxizmat"

"Toshshahartransxizmat" AJ avtobuslardagi sovitish tizimlari yuzasidan bildirilayotgan e’tirozlarga munosabat bildirib, ayrim avtobuslarda konditsioner mavjud emasligini ma’lum qildi.

Anomal issiq avtobuslardagi konditsionerlar samaradorligiga ta’sir qilmoqda — "Toshshahartransxizmat"

"Toshshahartransxizmat" AJ so‘nggi kunlarda avtobuslardagi konditsionerlar faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tanqidiy murojaatlarga izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda korxona avtobus saroylari filiallari tasarrufida har kuni 1672 ta avtobus va elektrobus yo‘nalishlarga chiqarilmoqda. Yo‘lovchilarga Mercedes-Benz, SAZ LE-60, MAN, Yutong hamda King Long rusumidagi transport vositalari xizmat ko‘rsatmoqda.

 

Harakat tarkibidagi 102 ta Mercedes-Benz avtobusining barchasi, 272 ta MAN avtobusining 100 tasi hamda 201 ta SAZ LE-60 avtobusining 88 tasi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan salonni sovitish tizimi bilan jihozlanmagan.

 

Shuningdek, Toshkent shahrida kuzatilayotgan 45 daraja va undan yuqori anomal issiq, avtobus saloniga quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishi, bekatlarda eshiklarning tez-tez ochilib-yopilishi va yo‘lovchilar sonining ko‘pligi Yutong hamda King Long rusumidagi avtobus va elektrobuslardagi konditsioner tizimlariga qo‘shimcha yuklama berayotgani qayd etildi.

 

Qayd etilishicha, bunday ekstremal ob-havo sharoitida texnik jihatdan soz konditsionerlar ham nominal sovitish quvvatini to‘liq ta’minlay olmasligi mumkin. Shu bois yozning anomal issiq kunlarida sovitish samaradorligining pasayishi ko‘p hollarda uskunaning nosozligi emas, balki yuqori harorat sharoitida ishlash va issiqlik almashinuvi samaradorligining pasayishi bilan bog‘liq tabiiy texnik holat ekani ta’kidlandi.

 

"Toshshahartransxizmat" AJ yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinayotganini bildirib, ob-havo bilan bog‘liq ushbu vaqtinchalik noqulaylikni tushunishlarini so‘radi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.