Sport

Ispaniya 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

Terma jamoasi finalda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixida ikkinchi bor FIFA Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

Ispaniya milliy terma jamoasi AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati finalida Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.

 

AQShning Nyu-Jersi shtatidagi MetLife stadionida bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Bahs qo‘shimcha bo‘limlargacha davom etdi va 106-daqiqada yarim himoyachi Ferran Torres kiritgan gol Ispaniyaga chempionlikni taqdim etdi.

 

Argentina esa 90+3-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Yarim himoyachi Enso Fernandes ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chetlatildi.

 

Shu tariqa Ispaniya 2010-yildan keyin yana FIFA Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Argentina esa tarixidagi yettinchi finalda mag‘lubiyatga uchradi. Janubiy amerikaliklar bungacha 1978, 1986 va 2022-yillarda jahon chempioni bo‘lgan edi.

 

Lionel Messi 39 yoshida Jahon chempionati finalida maydonga tushgan eng yoshi katta maydon futbolchisiga aylandi. Ispaniyaning 19 yoshli hujumchisi Lamin Yamal esa mundial finallarida maydonga tushgan eng yosh futbolchilar qatoridan joy oldi.

 

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.