O'zbekiston

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkaziladi

Bundan tashqari shaharlarda kanalizatsiya xizmatlari qamrovi 80 foizga yetkaziladi. Buning uchun qo‘shimcha 1,3 milliard dollar investitsiya jalb etiladi.

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik va oqova suv xizmatlarini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.

 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda sohaga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 barobar oshib, 2,7 milliard dollarga yetgan. Natijada markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan aholi ulushi 2017 yildagi 63 foizdan qariyb 83 foizga ko‘tarilgan.

 

Shu davr mobaynida 7,7 million aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan, 11 million fuqaroning suv ta’minoti yaxshilangan, 1,1 million kishi kanalizatsiya tizimiga ulangan. Bundan tashqari, 39 ming kilometr ichimlik suvi va 3,2 ming kilometr oqova suv tarmoqlari qurilib yoki rekonstruksiya qilingan. 

 

Shuningdek, 3,4 mingta ichimlik suvi hamda 295 ta oqova suv inshooti va nasos stansiyasi barpo etilgan yoki yangilangan.

 

Taqdimotda kelgusi yillarda ichimlik suvi ta’minoti darajasini 90 foizga, shaharlarda kanalizatsiya xizmatlari qamrovini esa 80 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. Buning uchun qo‘shimcha 1,3 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbari erishilgan natijalar bilan bir qatorda, loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish tizimi hali talab darajasida emasligini ta’kidladi.

 

Xususan, Andijon shahridagi kanalizatsiya tizimidagi muammolarni bartaraf etish uchun 107 milliard so‘m ajratilgan. Sergeli tumanida yoqimsiz hid tarqalishining oldini olish maqsadida zamonaviy filtrlarni o‘rnatish ishlari boshlangan.

 

Shuningdek, Surxondaryo viloyatini To‘palang suv omboridan ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi doirasida tarmoq Termiz shahrigacha yetkazilgan. Yil yakuniga qadar Sherobod, Muzrabot, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlariga ham ichimlik suvi yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

 

Taqdimotda hududlardagi dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar ham belgilandi. Jumladan, 513 ta mahallaga markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘ini olib borish, yana 3 mingta mahallada suv ta’minoti sifatini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

 

Prezident xonadonlarni ichimlik suvi tarmog‘iga to‘liq ulash masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Shu maqsadda 232 mingta suv kolonkasi o‘rniga tarmoqlarni bevosita uy-joylargacha tortish ko‘zda tutilgan.

 

Yil yakuniga qadar umumiy qiymati 600 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ular doirasida 1,6 ming kilometr ichimlik suvi va 387 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari, shuningdek, 80 ta ichimlik suvi hamda 29 ta oqova suv inshooti quriladi.

 

Natijada 107 ta mahalladagi 310 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, 453 ta mahallada istiqomat qiluvchi 2,5 million aholining suv ta’minoti sifati yaxshilanadi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"