Sport

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston MTJ 10 pog‘onaga pastladi

O‘zbekistonning so‘nggi yangilanishda ochko yo'qotishiga terma jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki asosiy sabab bo‘ldi.

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston MTJ 10 pog‘onaga pastladi

FIFA terma jamoalarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Yangilangan ro‘yxatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 pog‘ona pastlab, 60-o‘rindan joy oldi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa hisobida ayni paytda 1409,73 reyting ochkosi mavjud.

 

O‘zbekiston so‘nggi yangilanishda 23,11 ochko yo‘qotgan. Bunga terma jamoaning 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki asosiy sabab bo‘ldi. "Oq bo‘rilar" guruh bosqichida Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va Kongo DRga 1:3 hisoblarida mag‘lub bo‘lib, musobaqani g‘alabasiz yakunladi. Shuningdek, Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatlar ham reytingdagi pasayishga ta’sir ko‘rsatdi.

 

Osiyo jamoalari orasida Yaponiya 17-o‘rin bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarni Eron (22), Avstraliya (28) va Janubiy Koreya (32) egallagan. O‘zbekiston 60-o‘rin bilan qit’a reytingida yettinchi bo‘lib turibdi. Saudiya Arabistoni (58) va Qatar (59) O‘zbekistondan yuqorida joylashgan bo‘lsa, Iroq (63), BAA (68) hamda Iordaniya (73) undan keyingi o‘rinlarni band etgan.

 

Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan Ispaniya 30,27 ochko jamg‘arib, 1995,88 ochko bilan FIFA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Avvalgi peshqadam Argentina ikkinchi, Fransiya uchinchi, Angliya to‘rtinchi va Braziliya beshinchi o‘rinni egalladi.

 

Yangilangan reytingning kuchli o‘n beshligiga, shuningdek, Marokash, Portugaliya, Belgiya, Niderlandiya, Meksika, Kolumbiya, Germaniya, Xorvatiya, Shveysariya va Italiya ham kirdi.

 

FIFA ma’lumotiga ko‘ra, Norvegiya 12 pog‘onaga ko‘tarilib, reytingdagi eng katta o‘sishni qayd etdi. Tunis esa 12 pog‘ona pastlab, eng katta pasayishni boshdan kechirdi. Reyting ochkolari bo‘yicha Ispaniya eng katta (+121,17) o‘sishga erishgan bo‘lsa, Panama eng ko‘p (-60,74) ochko yo‘qotgan terma jamoa bo‘ldi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.