O'zbekiston

O‘zbekistonga sayohatlarga qiziqish 54 foizga oshdi — Expedia Group

O‘zbekistonga sayohatni bron qilgan sayyohlar soni o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 45,6 foizga, xarid qilingan aviachiptalar soni 23 foizga oshdi.

O‘zbekistonga sayohatlarga qiziqish 54 foizga oshdi — Expedia Group

O‘zbekistonga sayohatlarga bo‘lgan global qiziqish o‘sishda davom etmoqda. Xalqaro turizm kompaniyasi Expedia Group ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida mamlakatga sayohatlar bilan bog‘liq qidiruvlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54 foizga oshgan. 

 

Shu bilan birga, rasmiylashtirilgan bronlar soni ham ko‘paygan. Bu esa foydalanuvchilarning qiziqishi amaliy sayohat rejalashtirish bosqichiga o‘tayotganini ko‘rsatadi.

 

Expedia Group onlayn sayohatlar sohasidagi dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri hamda xalqaro turizm talabi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumot manbalaridan hisoblanadi. Platforma tarkibiga Expedia, Hotels.com, Vrbo, Travelocity, Orbitz, CheapTickets, Hotwire va boshqa brendlar kiradi. Expedia Group platformalaridan har yili dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq sayohatchi foydalanadi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya platformalari orqali amalga oshirilgan yalpi bronlar (gross bookings) hajmi 100 milliard AQSH dollaridan oshgan. Yillik bronlar hajmi 400 milliondan ortiq tunashni o‘z ichiga oladi. Kompaniya dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidagi 3 milliondan ziyod joylashtirish obyektlari, aviakompaniyalar, turoperatorlar va boshqa turizm xizmatlari yetkazib beruvchilari bilan hamkorlik qiladi.

 

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sayohatlarga bo‘lgan talabning ortishi bron qilish ko‘rsatkichlarida ham o‘z aksini topdi. Joriy yilning iyun oyida Expedia Group platformasi orqali O‘zbekistonga sayohatni bron qilgan sayyohlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45,6 foizga oshdi. Xarid qilingan aviachiptalar soni 23 foizga oshdi.

 

Expedia Group platformalari foydalanuvchilari orasida O‘zbekiston uchun asosiy xorijiy bozorlar AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Germaniya va Fransiya bo‘lib qolmoqda. Talabning eng yuqori o‘sish sur’atlari AQSH va Yaponiyada qayd etilgan. Yevropa mamlakatlari orasida esa Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya yetakchilik qilmoqda.

 

Mamlakat ichidagi eng ommabop yo‘nalishlar orasida Toshkent, Samarqand va Buxoro yetakchilikni saqlab qolmoqda. Shu bilan birga, Xivaga bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda. So‘nggi bir yil ichida shaharning umumiy bronlar hajmidagi ulushi sezilarli darajada oshgani uning xalqaro sayohatchilar orasida tobora ommalashayotganidan dalolat beradi.

 

Dastlabki bronlar bo‘yicha ma’lumotlar ham yaqin oylarda yuqori talab saqlanib qolishini ko‘rsatmoqda. Expedia Group ma’lumotlariga ko‘ra, tasdiqlangan barcha bronlarning 82,9 foizi 2026-yil iyul–sentabr oylariga rejalashtirilgan sayohatlarga to‘g‘ri keladi. Bu davr O‘zbekistondagi yuqori turizm mavsumi arafasiga to‘g‘ri keladi.

 

O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishning ortishi xalqaro aviaqatnovlar geografiyasining kengayishi, so‘nggi yillarda viza tartib-taomillarining soddalashtirilishi hamda mamlakatning xorijiy turizm bozorlarida faol targ‘ib qilinayotgani bilan izohlanmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.