O'zbekiston

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” kafesi dastlabki qiyofasiga qaytariladi

Madaniy meros agentligi birinchi o‘rinbosari “Moviy gumbazlar” kafesi muallifi — taniqli me’mor Vil Muratov bilan birgalikda madaniy meros obyektini ko‘zdan kechirdi.

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” kafesi dastlabki qiyofasiga qaytariladi

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” (Golubiye kupola) kafesi ilmiy tadqiqotlar va xalqaro restavratsiya tamoyillari asosida to‘liq restavratsiya qilinib, uning dastlabki me’moriy qiyofasi tiklanadi.

 

 

Madaniy meros agentligi ma’lum qilishicha, agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Elmurod Najimov taniqli me’mor, mazkur obyekt muallifi Vil Muratov bilan birgalikda “Moviy gumbazlar”ni ko‘zdan kechirdi.

 

 

1968–1970-yillarda bunyod etilgan “Moviy gumbazlar” Toshkentdagi modernizm me’morchiligining noyob namunalaridan biri bo‘lib, 2019-yilda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ko‘chmas moddiy madaniy meros obyektlarining Milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

 

 

Qayd etilishicha, keyingi yillarda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari davomida obyektning mozaik bezaklari o‘zgartirilgan va bu uning asl me’moriy-badiiy qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli Vil Muratov ishtirokida inshootning dastlabki ko‘rinishini ilmiy o‘rganish va qayta tiklash ishlari boshlandi.

 

 

Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro va mahalliy mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruh tuziladi. Uning tarkibiga modernizm me’morchiligi bo‘yicha ekspertlar, me’morlar, san’atshunoslar va restavratsiya mutaxassislari, jumladan Yekaterina Golovatyuk, Boris Chuxovich hamda Fotima Abdurahmonova jalb etiladi. Mutaxassislar obyektning tarixiy, me’moriy va badiiy qimmatini saqlab qolish, uning dastlabki elementlarini ilmiy asosda qayta tiklash bo‘yicha yechimlar ishlab chiqadi.

 

 

Madaniy meros agentligi ushbu loyiha nafaqat alohida tarixiy binoni qayta tiklash, balki O‘zbekistonning XX asr me’moriy merosini asrash, o‘rganish va xalqaro miqyosda targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.