O'zbekiston

Turizm qo‘mitasi “Xavfsiz turizm” jamg‘armasi bo‘yicha tushuntirish berdi

Qo‘mita loyiha xorijga sayohat qilayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda ularga yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishni nazarda tutishini ma’lum qildi.

Turizm qo‘mitasi “Xavfsiz turizm” jamg‘armasi bo‘yicha tushuntirish berdi

Turizm qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda chiqish turizmi va sohadagi yangi tartib-qoidalar haqida bir tomonlama hamda yetarlicha o‘rganilmagan xabarlar tarqalayotgani munosabati bilan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda aholi farovonligining oshishi natijasida xorijga sayohat qilayotgan fuqarolar soni sezilarli ko‘paygan. Xususan, 2025-yilda 8 milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijga sayohat qilgan. Shu sababli chet elda bo‘lib turgan fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilish, ularga zarur yordam ko‘rsatish va Vatanga qaytarish dolzarb masalaga aylangani ta’kidlandi.

 

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq turoperatorlar litsenziya asosida faoliyat yuritadi, turagentlar esa xabardor qilish tartibida ishlaydi. Tahlillar esa aynan turagentlar orqali kafolatsiz safarga chiqqan ayrim turistlar xorijda murakkab vaziyatlarga duch kelayotganini ko‘rsatgan.

 

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy mamlakatlardagi sayohatlarini tartibga solish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.

 

Qo‘mita ma’lum qilishicha, loyiha Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Daniya, Rossiya, Belarus va Qozog‘iston tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

 

Loyihada “Xavfsiz turizm” jamg‘armasini tashkil etish ham nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, turoperatorlar uchun belgilanishi rejalashtirilayotgan 50 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ favqulodda vaziyatlarda jabrlangan fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplash hamda ularni xorijdan evakuatsiya qilish xarajatlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Maqsadli yig‘imlar zaxira mablag‘i belgilangan miqdordan oshgach, ular kafolatli ravishda qaytarilishi qayd etilgan.

 

Shuningdek, qaror loyihasi joriy yilning 5-iyun va 6-iyul kunlari Turizm qo‘mitasida mahalliy hamda xorijiy turizm sohasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda muhokama qilinib, bildirilgan takliflar asosida takomillashtirilgani bildirildi.

 

Turizm qo‘mitasi mazkur hujjat loyihasi fuqarolarning hayoti, xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy hamda moliyaviy mexanizmlarini yaratishga qaratilganini ta’kidlab, jamoatchilikni loyiha mazmunini rasmiy manbalar orqali xolis baholash va muhokamalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.