O'zbekiston

Farg‘onada hujra tashkil etib, voyaga yetmaganlarga diniy saboq bergan shaxs qo‘lga olindi

Uning oyiga 1,5 million so‘m evaziga 8 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy ta’lim bergani aniqlangan.

Farg‘onada hujra tashkil etib, voyaga yetmaganlarga diniy saboq bergan shaxs qo‘lga olindi

 

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida viloyat IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1991-yilda tug‘ilgan, Oltiariq tumani Bug‘doychi mahallasida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida noqonuniy hujra tashkil etgani aniqlangan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u har bir o‘quvchidan oyiga 1,5 million so‘m haq olib, jami 8 nafar voyaga yetmaganga diniy adabiyotlardan noqonuniy saboq berib kelgan.

 

Shuningdek, hujrada tashkil etilgan ta’lim jarayonida voyaga yetmaganlarga muntazam ravishda jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazilgani aniqlangan. Tezkor tadbir davomida diniy adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar rasmiy tartibda olib qo‘yilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi hamda 110-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Bundan tashqari, hujrada noqonuniy diniy ta’lim olgan voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada hujra tashkil etib, voyaga yetmaganlarga diniy saboq bergan shaxs qo‘lga olindi | Zamon.uz