Jahon

Peruda yong‘in oqibatida bir oilaning 10 a’zosi halok bo‘ldi

Marhumlarning yaqinlari fojiadan bir oy avval oilaga tovlamachilik tahdidlari bo‘lganini bildirib, yong‘in qasddan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Peruda yong‘in oqibatida bir oilaning 10 a’zosi halok bo‘ldi

 

Peruning Lima shahridagi La Viktoriya tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir oilaning 10 nafar a’zosi, jumladan, besh nafar bola halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, fojia 22-iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Taxminan 80 kvadrat metr maydondagi yog‘och uyda jami 17 kishi yashagan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tungi soat 02:30 atrofida noma’lum shaxs uy yonida turgan elektr mototsiklni yoqib yuborgan. Olov qisqa vaqt ichida transport vositasidan uyga o‘tgan.

 

Yong‘inning tez tarqalishiga kirish eshigi yaqinida saqlanayotgan matraslar hamda uyning yog‘och konstruksiyalari sabab bo‘lgani aytilmoqda. Natijada bino bir necha daqiqa ichida to‘liq alangaga o‘ralgan.

 

Hodisa oqibatida 10 kishi, jumladan, uch yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan besh nafar bola halok bo‘lgan. Yetti kishi esa omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Qutqaruvchilar vayronalarni ko‘zdan kechirish chog‘ida uch yoshli farzandini so‘nggi daqiqalargacha himoya qilishga uringan onaning jasadini ham topgan.

 

Marhumlarning yaqinlari fojiadan taxminan bir oy oldin oilaga tovlamachilar tomonidan muntazam tahdidlar bo‘lganini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, noma’lum shaxslar oilaga tegishli 10 ta elektr mototsikl uchun har haftada 700 sol miqdorida pul talab qilgan. Qarindoshlar bu holat yuzasidan avvalroq politsiyaga murojaat qilinganini ham bildirgan.

 

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar yong‘inning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda. Qarindoshlar esa hodisa qasddan sodir etilgan o‘t qo‘yish natijasi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Agar ushbu taxmin tasdiqlansa, mazkur voqea Peruda so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan eng og‘ir jinoyatlardan biri sifatida qayd etilishi mumkin.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.