O'zbekiston

Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Rejaga ko‘ra, hisob davrida shahar hududi 7 966,78 gektardan 11 847,06 gektargacha kengayadi. Magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 kilometrdan 203 kilometrgacha oshiriladi.

Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Hukumatning 2026-yil 23-iyuldagi 402-son qarori bilan Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram- kanali xabar berdi.

 

Hujjatga ko‘ra, hisob davrida Buxoro shahri aholisi 289,19 ming nafardan 385 ming nafargacha, shahar hududi esa 7 966,78 gektardan 11 847,06 gektargacha kengayadi.

 

Shuningdek, uy-joy fondining umumiy maydoni 4 mln 456,31 ming kvadrat metrdan 8 mln 85 ming kvadrat metrgacha yetkazilishi rejalashtirilgan. Natijada bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni 15,4 kvadrat metrdan 21 kvadrat metrgacha oshadi. Hisob davrida 114,66 ming kvadrat metr uy-joy fondi qisqarishi ham nazarda tutilgan.

 

Qarorga muvofiq, aholining ijtimoiy soha obyektlariga bo‘lgan ehtiyojini amaldagi me’yorlarga moslashtirish maqsadida madaniy, maishiy va kommunal obyektlar rivojlantiriladi, shuningdek, bo‘sh hududlarda yangi jamoat majmualari barpo etiladi.

 

Bundan tashqari, magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 kilometrdan 203 kilometrgacha oshiriladi. Birinchi bosqichda bu ko‘rsatkichni 155,35 kilometrga yetkazish rejalashtirilgan. Yiliga 163,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega jamoat transporti tizimini shakllantirish ham bosh rejadan o‘rin olgan.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"