O'zbekiston

Buxoroda 60 dan ortiq fuqaroni chuv tushirgan guruh fosh etildi

Gumonlanuvchilar qo‘lga olinganda ulardan o‘nlab bank kartalari, SIM-kartalar hamda maxsus mobil qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Buxoroda 60 dan ortiq fuqaroni chuv tushirgan guruh fosh etildi

Buxoro viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari fuqarolarning bank kartalaridagi mablag‘larni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatini fosh etdi.

 

Dastlabki tergovga ko‘ra, respublikaning turli hududlarida sodir etilgan ushbu jinoyatlar ortida Samarqand viloyatida yashovchi 20 yoshga to‘lmagan yigit va uning boshqa hududlardagi sheriklari turgani aniqlangan.

 

Gumonlanuvchilar qo‘lga olinganda ulardan o‘nlab bank kartalari, SIM-kartalar hamda maxsus mobil qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olingan. Tergov organlari ushbu buyumlar guruhning uzoq vaqt davomida yirik miqyosdagi kibero‘g‘riliklar bilan shug‘ullanganini tasdiqlashini ma’lum qilgan.

 

IIB ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar Telegram orqali boshqarilgan yashirin akkauntlar yordamida fuqarolarning telefonlariga zararli APK fayllarni yuborgan. Ushbu dasturlar qurilmaga o‘rnatilgach, bank ilovalariga oid ma’lumotlar va pul o‘tkazmalarini tasdiqlovchi SMS-kodlar jinoyatchilar nazoratiga o‘tgan. Shundan so‘ng ular jabrlanuvchilarning bank kartalaridagi mablag‘larni o‘zlashtirgan.

 

Talon-toroj qilingan pullarning izini yashirish maqsadida mablag‘lar begona shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan tranzit bank kartalari hamda soxta akkauntlar orqali boshqa hisob raqamlariga o‘tkazilgan. Mazkur jinoiy sxema oqibatida respublikaning turli hududlarida 60 nafardan ortiq fuqaro jabrlangan.

 

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi uchinchi qismi "b" bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, ushbu jinoiy guruhga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash, ularni javobgarlikka tortish hamda jabrlangan fuqarolarning huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

 

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"